10 kun ichida poytaxtda xorijga chiqish pasporti uchun 8 mingdan ortiq ariza topshirildi
15 yanvar kuni Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev ishtirokida OAV xodimlari bilan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda xorijga chiqish pasporti bilan bog‘liq yangiliklar ham e'lon qilindi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2019 yilning dastlabki 14 kunida Toshkent shahri bo‘ylab xorijga chiqish pasporti olish uchun 8 mingdan ortiq ariza topshirilgan va dastlab murojaat qilganlarning aksariyatiga xorijga chiqish pasportlar berilishi boshlangan. Bunday pasportlar 1 yoshgacha bo‘lganlarga 2 yilga, 16 yoshgacha bo‘lganlarga 5 yilga, undan yuqorilarga 10 yil muddatga beriladi.
“Yangi turdagi pasport joriy qilinishiga qaramay nega hanuz qog‘ozli ma'lumotlar va anketalardan voz kechilmayapti?” degan savolga Davlat personallashtirish markazi direktori Najmiddin To‘raxo‘jayev shunday javob berdi:
– Yangi pasportlarni joriy qilish uchun xodimlarimiz tunu-kun ishlashdi. Mana, har ikki yilda almashtiriladigan stikerdan voz kechdik. Ishonamanki, yaqin vaqt ichida qog‘ozli ma'lumotlardan ham voz kechamiz. Unutmaslik kerak, xorijga chiqish pasportini oluvchilarga oid ma'lumotlar faqat ichki ishlar tomonidan tekshirilmaydi va bu jarayon ma'lum vaqt hamda hujjatlarni talab qiladi.
Mavzuga oid
18:21 / 13.08.2024
“Shoh asar” - Kanadaning yangi pasporti dizayni haqida
08:35 / 20.07.2024
Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi
11:29 / 13.07.2024
Singapur pasporti – «eng kuchli», O‘zbekiston pasporti – 79-o‘rinda
11:03 / 29.04.2024