Andijon viloyatining Xöjaobod tumanida 2019 yil 15 yanvar kuni taxminan soat 23:50larda “Beşqovoq” MFYda yaşagan D.S. uyida mast holda yonib turgan şamning ustiga yiqilişi natijasida yonğin kelib çiqqan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, oqibatda uyning jihozlari yonib zarar körgan hamda D.S.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Holat yuzasidan suriştiruv işlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.