Instagram ijtimoiy tarmoğiga özlarini blogerlar deb hisoblaydigan bir guruh yoşlar tomonidan tayyorlangan videolavhalar joylaştirilgan. Bu haqda “Mening yurtim” telekanalida efirga çiqqan lavhada aytiladi.
Qayd etilişiça, uşbu videoroliklarga aniqlik kiritiş maqsadida Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor suriştiruv tadbirlari olib borilgan.
Suriştiruv davomida aniqlanişiça, bolalar tomonidan tayyorlangan videolarning biri poytaxtda joylaşgan supermarketda özlarining tanişi yordamida olingan bölib, unda sun'iy janjal uyuştirilib, jamoat joyida haqoratli sözlarni qöllaganliklari, şuningdek, bu qahramonlar Mirzo Uluğbek tumanida örtoğiga tegişli bölgan avtomaşinani olib qoçib, uning ortidan şerigi boşqa avtoulov orqali quvib ötgan holda yöl xavfsizligi qoidalariga zid bölgan harakatlarni amalga oşirganliklari ayon bölgan.
Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tergovçisi Nilufar Isaxonovaning sözlariga köra, yuqoridagi harakatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, eng kam oylik iş haqining uç barobari miqdorida jarima solişga sabab bölgan.
Şuningdek, Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlari tomonidan avtoulovlar vaqtinçalik jarima maydoniga qöyilib, haydovçilarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-moddasiga asosan bayonnoma tuzilgan va haydovçilik guvohnomalari olib qöyilgan.
















