Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning o‘rta muddatli istiqboldagi investitsiya siyosati strategiyasi ishlab chiqiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2019 yil 1 iyunga qadar har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, birinchi navbatda, investitsiya jalb etish uchun ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining o‘rta muddatli istiqboldagi investitsiya siyosati strategiyasi ishlab chiqilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar – ustuvor hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va siyosiy, shuningdek, xavfsizlik sohasidagi hamkorligini yanada faollashtirish va rivojlantirishga qaratilgan aniq tadbirlar bo‘yicha takliflarni kiritadi.
Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar – ustuvor hamkorlar bilan hamkorligini yanada faollashtirish bo‘yicha taklif etiladigan tadbirlar va yo‘nalishlar Davlat dasturi va O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025