Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat ştati Ahmadobod şahriga taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Şavkat Mirziyoyevni “Ahmadobod” xalqaro aeroportida Hindiston rasmiy şaxslari kutib oldi.  

Özbekiston prezidenti 18 yanvar kuni Gandinagar şahriga taşrif buyurib, «Jöşqin Gujarat» sammitida iştirok etadi hamda Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan muzokara ötkazadi.

Avval xabar qilinganidek, Özbekiston rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq sözlaydi.

Boş vazir Narendra Modi taşabbusi bilan 2003 yildan buyon Gandinagar şahrida ötkazib kelinayotgan “Jöşqin Gujarat” sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forum hisoblanadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, xalqaro taşkilot va transmilliy korporatsiyalar rahbarlari, yetakçi tahlilçilar, ekspertlar iştirok etadi.

Şavkat Mirziyoyev 2018 yilning 30 sentabr – 1 oktabr kunlari Hindistonda taşrif bilan bölgandi. Taşrif davomida Özbekiston prezidenti Hindiston rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazgandi.