Yomon iqtisodiyotga ega mamlakatlarda aholining iqtisodiy tuşunçalari baland bölişi mumkin. Aksinça, rivojlangan davlatlarda jamiyatning iqtisodiy savodxonligi past bölişi kuzatilgan. Ammo Özbekiston şaroitida, biz iqtisodiyot töğrisida bilimlarimizni yangilab, u haqda aniq tasavvurga ega bölişimiz zarur.
Şu bois, Singapurdagi Nanyan texnologiyalar universiteti bakalavri, AQŞning Viskonsin universiteti doktoranti, 2016 yilning may oyidan e'tiboran, Veynart işbilarmonlik markazida tadqiqotçi sifatida işlab kelayotgan Behzod Hoşimov bilan suhbatlaşdik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Sizda AQŞ va Özbekiston iqtisodiyotini soliştiriş imkoniyati paydo böldi. Iqtisodiyot haqidagi tuşunçalar bu ikki jamiyatda har xilmi, qay darajada rivojlangan?
Albatta, bir xil emas.Jamiyatning rivojlanganlik körsatkiçlari yuqori bölgan jamiyatda iqtisodiyot haqidagi tuşunçalarning darajasi ham şunga mos böladi. Bu esa iqtisodiyot fanining öqitilişi bilan boğliq, deb öylayman.
Masalan, AQŞda taxminan 50-65 foiz bakalavr talabalari fakultet yönalişidan qat'iy nazar iqtisodiyot asoslari fanini ötişadi. Iqtisodiyot fanini örganiş sal xavfli, çunki uni boşlagandan keyin orqaga qadam yöq. Negaki iqtisoddan boxabar odam iqtisodga yot ğoyalarni eşitsa, buning mutlaqo notöğri ekanligini tuşunadi. Ilmga asoslanmagan ğoyalarga ular işonmaydi. U yerda 50-60 foiz odam iqtisod haqida tuşunçaga ega. Demak, ular, misol uçun, Oq uy ma'muriyati tomonidan iqtisodiyotga qöyilayotgan çeklovlarning notöğri ekanligini bilişadi. Bunday çeklovlarga mamlakatdagi öngçilar ham sölçilar ham birdek norozilik bildirganligi misolida ham buni köriş mumkin.

Iqtisodiyot haqidagi tuşunçalarga ega böliş bilan iş bitadimi? Ya'ni AQŞ aholisi iqtisodiyot nazariyasini bilgani uçun ham turmuşi şu darajaga yetdi, deb ayta olamizmi?
Yöq, bunday emas. Misol uçun, Argentinada iqtisodçi böliş rok yulduzi bölib, maşhurlikka erişişdek gap. Lekin u yerda iqtisodiyot yaxşi rivojlanmagan. Menimça, yomon iqtisodiyotga ega bölgan mamlakatda ham odamlar bu borada yaxşi tuşunçaga ega bölişi mumkin. Masalan, avtomobilingiz tez-tez buzilsa, uni qanday ta'mirlaş, tuzatiş haqida könikmaga ega bölib borasiz. Agar avtomobilda heç qanday muammo bölmasa, uning holati bilan qiziqmaysiz. Xuddi şunday iqtisodiyoti zör rivojlangan Singapur kabi davlatlarda kişilarning iqtisodiy tuşunçalari zör deb aytiş qiyin.













