Bog‘chalarda qo‘shimcha pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi

«Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qo‘shimcha pullik ta'lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan quyidagilar bo‘yicha qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatilishi mumkin:
- dam olish kunlari va maktabgacha ta'lim muassasasida ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish, uni o‘qitish;
- o‘quv dasturdan tashqari sport-sog‘lomlashtirish (karate, taekvondo, suzish, shaxmat, shashka, gimnastika, massaj va boshqalar) to‘garaklari, badiiy-estetik (xor, raqs, tasviriy san'at va hokazolar) to‘garaklar, fanlar bo‘yicha to‘garaklar (chet tillari, matematika, aqliy arifmetika, mantiq, informatika va boshqalar).
Mazkur hujjatga ko‘ra, qo‘shimcha xizmatlarning narxlar preyskuranti maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi mumkin.
Buning uchun farzandi qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarda tarbiyalanishini istagan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tegishli maktabgacha ta'lim muassasasiga ariza bilan murojaat qiladi hamda ular o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarda bolalarning soni 25 nafardan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Fransiya va Ispaniya rossiyaliklar uchun viza qoidalarini qat’iylashtirdi
Jahon | 08:48
-
Sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi
Jamiyat | 08:45
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
Mavzuga oid

18:46 / 31.05.2025
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi

16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi

21:22 / 05.05.2025
“Qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q” - Samarqanddagi davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilmoqda

16:20 / 03.05.2025