Angliya Premer-ligasining 23-turida «Fulhem» «Tottenhem Hotspur»ni qabul qildi. Londondagi «Kreyven Kottej» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinning 17-daqiqasida «şporlar» hujumçisi, boşlanğiç tarkibda jarohat tufayli safdan çiqqan Harri Keyn örnini egallagan Fernando Lorente burçak zarbasi ijro etilgan vaqtda töpni öz jamoasi darvozasiga yöllab qöydi.
Mezbonlar 51-daqiqada Dele Allining goli bilan javob qaytarişdi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarning uçinçisi yakunlanayotgan vaqtda Harri Uinks «Tottenhem»ga ğalaba keltirgan golni urdi.
«Tottenhem» endilikda 51 oçko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida uçinçi örinda joylaşgan, Maurisio Poçettino şogirdlari peşqadam «Liverpul»dan 9 oçko ortda qolişmoqda. «Fulhem» 14 oçko bilan 19-örinda joylaşgan.
Angliya çempionati
23-tur
Fulhem – Tottenhem 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 17, avtogol Lorente, 1:1 – 51 Alli, 1:2 – 90 Uinks.
Fulhem – Riko, Odoi, Le Marşan, Rim, Çembers, Babel (Sessenon, 55), Seri (Sisse, 81), Kristi, Şyurrle (Kebano, 72), Brayyen, Mitroviç.
Tottenhem – Loris, Sançes, Vertongen, Rouz, Alderveyreld, Lamela (Dayyer, 79), Uinks, Alli (Nkudu, 86), Eriksen, Tripper, Lorente.
Ogohlantirişlar: Mitroviç (74), Sançes (74), Seri (75), Rouz (79), Alderveyreld (90).












