Fransiya Google’ga 50 mln yevro jarima soldi
Fransiyaning informatika va erkinliklar bo‘yicha milliy komissiyasi (CNIL) Google kompaniyasiga 50 mln yevro jarima soldi. Bu haqda The Local nashri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Google ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik olish siyosati haqida shaffof va yengil olinuvchi axborotni taqdim qila olmagani uchun rekord qiymatdagi jarimaga tortilgan.
CNIL’ning ta'kidlashicha, Google foydalanuvchilarga ularning shaxsiy ma'lumotlarini qo‘llash imkoniyatlari sozlanmalarini boshqarishni murakkablashtirgan.
“Odamlar bizdan shaffoflik va nazoratning yuqori standartlarini kutib qoladilar. Biz bu umidlar va talablarga amal qilishga intilamiz. Biz keyingi qadamlarni aniqlash uchun yechimlarni o‘rganamiz”, deb aytgan Google vakili.
2018 yil may oyida Yevropa Ittifoqida ma'lumotlarni himoyalashning yangi qoidalari kuchga kirgan. Ular orasida “unutilishga huquq” deb nomlanuvchi band bor bo‘lib, unga ko‘ra Facebook, Google, Twitter va boshqa yirik kompaniyalar foydalanuvchining birinchi murojaati bilan uning akkaunti va shaxsiy ma'lumotlarini o‘chirib tashlashlari kerak.
2018 yilda Google Hindiston bozorida yetakchi mavqeini suiiste'mol qilgani uchun 21 mln dollarlik jarimaga tortilgan. Shuningdek, Yevrokomissiya Google’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasini rekord qiymatdagi jarimaga (4,34 mlrd yevro) tortgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
23:48 / 06.11.2024
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024