Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiyaparast»: WP AQSh respublikachilar partiyasi nimaga aylanganini so‘zlab berdi
Foto: Mike Segar/Reuters
Amerika prezidenti Donald Tramp boshchiligidagi AQSh Respublikachilar partiyasi «Rossiyaparast»ga aylandi, deb yozmoqda The Washington Post sharhlovchisi Katrin Rampel.
«Buyuk Eski Partiya (Respublikachilar partiyasining ikkinchi nomi) - asta-sekinlik bilan Rossiyaparast partiyaga aylandi. Bunga faqatgina partiya bayroqdori Rossiya prezidenti Vladimir Putinni juda yoqtirishi sabab emas», - deyiladi materialda.
Respublikachilar rahbarligida Amerika qachonlardir partiya qarshi chiqqan «muvaffaqiyatsizlikka uchragan sovet tizimi»ga o‘xshashni boshlamoqda. Misol uchun, mamlakatda shatdaun davom etyapti. Federal hukumatning disfunksiyasi nafaqat tushunarsiz holatda qolgan davlat ishchilariga, balki xususiy sektorga ham ta'sir qilishi mumkin, deyiladi materialda.
Bularning barchasi Trampning xohishi bilan yuz bermoqda, deb hisoblaydi sharhlovchi. Bildirilishicha, u «salohiyatli avtokrat» bo‘lib, o‘zi maqtaydigan oddiy odamlarni emas, balki ko‘proq o‘zining saylovoldi ritorikasiga yodgorlik qo‘yish haqida qayg‘uradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp beshta holatda Rossiyaga yumshoq munosabatda bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:42 / 15.05.2026
Kiyevga yirik hujum: kamida 21 kishi halok bo‘ldi
22:20 / 14.05.2026
Zelenskiy Rossiyaning eng keng ko‘lamli hujumiga javob tayyorlashni buyurdi
18:43 / 14.05.2026
Rossiyada migrantlarni chiqarib yuborish bo‘yicha yangi qoidalar ma’qullandi
09:07 / 14.05.2026