Jizzax viloyati hokimining örinbosari Azim Ahmedxöjayev boşçiligidagi Özbekiston Respublikasi delegatsiyasi Fransiyada bölib turibdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
Taşrif dasturiga muvofiq, kuni keça Fives Stein kompaniyasi rahbariyati bilan uçraşuv ötkazildi. Uçraşuv davlat rahbarining ötgan yilning oktabr oyida Fransiyaga qilgan rasmiy taşrifidan söng zavod qurilişi böyiça erişilgan kelişuvlar ijrosini jadallaştiriş böyiça ötkazildi.
Jizzax viloyati hududida arxitektura va avtomobil oynalarini işlab çiqarişini yölga qöyiş maqsadida Fransiya hukumati loyihaning texnik-iqtisodiy asosini işlab çiqiş uçun 575 ming AQŞ dollari miqdorida Fives Stein kompaniyasiga grant mablağlarini ajratişga qaror qilgan.
Qurilişi rejalaştirilgan zavod jami 100 million AQŞ dollari miqdorida investitsiyalarni jalb etib, kuniga 600 tonna şişa işlab çiqariş va 200 dan ortiq iş örinlari yaratişga möljallangan.
Muzokaralar natijasida Jizzax viloyati hokimligi va Fives Stein kompaniyasi örtasida uşbu yönalişdagi hamkorlik töğrisida kelişuv imzolandi.
Fives Stein şişa mahsulotlarini çiqariş uçun uskunalar va texnologik liniyalarini işlab çiqariş böyiça yetakçi kompaniyalarning biri bölib, xalqaro miqyosda 200 yildan ortiq bölgan tajribaga ega.
Kompaniyaning jahonda 30 dan ortiq mamlakatlarida 100 ta filiali va mintaqaviy ofislari mavjud. Sönggi 20 yil içida kompaniya Turkiya, Saudiya Arabistoni, Braziliya va Rossiya kabi mamlakatlarda 22ta zavod qurgan.













