Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In AQŞ prezidenti Donald Trampdan maktub oldi, deya xabar beradi Koreya Markaziy telegraf agentligi.
Ta'kidlanişiça, KXDR rahbariga Trampdan maktubni Vaşingtonga ikkinçi Amerika-Koreya sammitini muhokama qiliş uçun borgan partiya MQ raisi örinbosari Kim Yen Çxor topşirgan.
«Kim Yen Çxor Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Trampning şaxsan özi tomonidan yozilgan maktubni topşirdi», - deyiladi agentlik saytida.
Koreya Markaziy telegraf agentligidan qayd etişlariça, Kim Çen In Trampning «ajoyib xabari»dan «qoniqqan». Şuningdek, Şimoliy Koreya yetakçisi «bir neçta masalalarda AQŞ bilan kelişuvga erişiş böyiça noodatiy qat'iyat hamda irodani bildirgan».
Eslatib ötamiz, avvalroq tahlilçilar KXDRda maxfiy raketa bazasini topişgandi.












