Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Özbekiston karate milliy Federatsiyasining qator mansabdor şaxslariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
«23.01.2019 yilda Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasining rasmiy saytida «Nurxon Nafasovning kirdikorlari foş böldi» nomli xabar çop etildi. Mazkur xabar böyiça Boş prokuratura matbuot xizmati şuni qat'iyan ma'lum qiladiki, qözğatilgan jinoyat işlari va olib borilayotgan tergov harakatlari yuzasidan rasmiy ma'lumotlar faqatgina bu borada mutasaddi tergov va nazorat qiluvçi organlar tomonidan beriladi», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Şuningdek, Boş prokuratura dastlabki tergovning holatlari va unga jalb qilingan şaxslar haqida keng jamoatçilikka turli talqindagi xabarlarni tarqatiş Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi qoidalariga zid va bunday holatlar özgalarning şa'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazişi mumkinligini ta'kidlagan.
«Hozirda mazkur jinoyat işi yuzasidan aniqlangan holatlar böyiça biror-bir şaxs, xususan N.Nafasov gumonlanuvçi yoki ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinmagan», deyiladi xabarda.

















