Andijonda yangi sement zavodi qurilishi boshlandi. U ham ekologiyani buzadimi?
Yiliga 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega, Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi zavod qurilishi boshlandi. Loyihaga yotqizilayotgan umumiy investitsiya qiymati 203,9 million dollarni tashkil etadi. Zavod ishga tushgach, 790 kishi ish bilan ta'minlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov «Xalq so‘zi»ga bergan intervyusida gapirib o‘tgan.
2018 yil yanvar-noyabr oylari yakuniga ko‘ra, Tojikiston 1,3 mln tonna sement eksport qildi, bu respublikada 11 oy davomida ishlab chiqarilgan umumiy hajmdan 40 foizini tashkil etadi. Tojik sement eksportining 738 ming tonnasi O‘zbekistonga yo‘naltirilgan. Umuman tahlil etganda, O‘zbekistonning import hajmi 2018 yilning 11 oy natijasiga ko‘ra, 36,8 foizga oshdi.
O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida akkreditatsiyadan o‘tgan Qozog‘istonning «SAS-Tobe Technologies» korxonasi ham har yili 250 ming tonna sementni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Shunga muvofiq, mahalliy sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish dolzarb masalalardan biri sifatida e'tirof etiladi.
«O‘zqurilishmateriallari» AJ ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 5 yil ichida sement ishlab chiqarishni 2 barobarga - yiliga 8,5 million tonnadan 17 million tonnaga oshirish rejalashtirilgan.
Andijon viloyat hokimining Xitoyga tashrifi yakunida tarqatilgan ma'lumotda sement zavodi Xo‘jaobod tumanida «Anxoy Konch sement» kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilishi ko‘zda tutilayotgan aytilgandi.
Shunga qaramay, qurilish rejalashtirilayotgan zavod bo‘yicha ilk rasmiy ma'lumot O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20 iyuldagi qarorida ta'kidlangandi.
Qarorga muvofiq, zavodni qurish ishlarida «Zhejiang Shangfeng Building Materials Co. Ltd» (Xitoy), «Tunli» (Xitoy), «Juydam Ta'mir Qurilish» MChJ (O‘zbekiston) kabi kompaniyalar ishtirok etadi. Ularning negizida «Shangfeng-Bridge of Friendship» qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
Ammo Andijon viloyatining Asaka tumanida umumiy qiymati 3 million dollarlik, yiliga 50 ming tonna sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonasi ishga tushgandan so‘ng, mahalliy aholi va ekologiyaga jiddiy xavf paydo qila boshladi. Ayni paytda yangi zavodning mamlakatda aholi eng zich joylashgan viloyat ekologiyasiga qanday ta'sir qilishi borasida rasmiy ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024