Boş prokuratura, Milliy Olimpiya qömitasi, Nurxon Nafasov va aybsizlik prezumpsiyasi
|00:00 / 25.01.201935 24610 min
Keça Nurxon Nafasov «trendda» böldi. U haqida internetda bir neçta xabar berildi, bu iş ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Biz uşbu voqealarni bir joyga jamlaşga va aslida nima bölganiga qisqa izoh berişga harakat qilamiz.
MOQ nima dedi?
Dastlab Milliy Olimpiya qömitasining rasmiy saytida uning nomini qoralaydigan xabar çiqdi. Qömitadagilar «Nurxon Nafasovning kirdikorlari foş böldi» sarlavhasi ostida xabar tarqatişdi. Xabarning rusça variantida esa Nurxon Nafasovning ilgari ham jinoiy javobgarlikka tortilganiga işora qilişdi.
«Özbekiston Karate Milliy federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasov va boşqalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a» bandi va 165-moddasi (Tovlamaçilik) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Tergov jarayonida amalga oşirilgan taftiş natijasida noqonuniy xatti-harakatlar töğrisidagi birlamçi ma'lumotlar öz tasdiğini topdi.
Xususan, N.Nafasovning federatsiya raisi lavozimiga tayinlangan kun – 2018 yil 16 maydan boşlab oktabr oyigaça 125 million 557 ming sömlik pul mablağini belgilangan tarzda (terma jamoa a'zolari, ularni musobaqalarga tayyorlaş xarajatlari) sarflaş örniga, ularni maqsadsiz va ortiqça işlatganligi, tovlamaçilik va hujjatlarni qalbakilaştirişga yöl qöyilganligi, sportçilardan badal pullarini yiğib olib, federatsiya ğaznasiga kirim qilinmaganligi aniqlandi. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda», deyilgandi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda nimalar deyildi?
Uşbu xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari orasida köplab noroziliklarni keltirib çiqardi. Xususan, Telegram ijtimoiy tarmoğidagi @davletovuz kanalida quyidagiça munosabat bildirildi:
«Hali hammasi tergov bosqiçida ekan. Sud hukmi e'lon qilingani yöq, noqonuniy xatti-harakatlar töğrisidagi birlamçi ma'lumotlar öz tasdiğini topdi, deb baralla aytişga ularning, ya'ni Olimpiya qömitasining qonuniy haqqi bormi? Aybsizlik prezumpsiyasini heç kim bekor qilgani yöq, harqalay. Qolaversa, Olimpiya qömitasi va Nurhon Nafasov örtasidagi konflikt haqida ommaviy axborot vositalarida bir neça marotaba yozilgan edi. Bizningça, informatsion xurujga öxşab ketayapti. Qolaversa, bu informatsiyani prokuratura berganida ham mayli edi».
Mavzuga oid
Telegramdagi @niyozov_news kanali esa bu fikrlarni qöllab-quvvatlab, quyidagilarni qöşimça qildi:
«Nafasovni hayotda körmaganman. Qanday odamliginiyam bilmayman. Bilganlarim kasbiy qiziqişlarim va OAVda berilgan axborotlar doirasidadir. U kim bölişidan qat'i nazar hammamiz kabi teng huquqli fuqaro. Qaysidir jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayaptimi, to aybi sud tartibida isbotlanmagunça uni jinoyatçiga çiqarib qöyib bölmaydi. Konstitutsiya va qonunlarimizda aybsizlik prezumpsiyasi hammaga birday kafolatlangan.
Raşidjon Qodirov, Nodir Töraqulov, Turobjon Jörayev va hokazo kazo-kazolarga nisbatan kemtiksiz işlayotgan uşbu normalar barçaga birday qöllanişi kerak. Qonun ustuvorligi — şu. MOQ va Nafasov örtasidan qanday olamuşuk ötgan bölsayam, u çindan-da öta ketgan razil bölsayam, buni sud hal qilişi, jinoyatlari dalil bilan isbotlangaçgina hukm öqilişi kerak. MOQ esa skrinşotdagi xabar sarlavhasi bilan Nafasovning qalamini allaqaçonlar sindirib bölibdi.
Barça odamlar qonun oldida tengligi va heç bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qiliniş huquqiga egaligini unutmasak bölgani».
Boş prokuratura nima dedi?
Şundan söng, keçaning özida Boş prokuratura mazkur xabar böyiça rasmiy munosabat bildirdi. Ta'kidlaş joizki, uşbu munosabat raddiya maqomida bölib, unda Milliy Olimpiya qömitasiga yaxşigina ogohlantiriş berilgan, deyiş mumkin. Jumladan, munosabatda şunday deyiladi.
23.01.2019 yilda Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasining rasmiy saytida «Nurxon Nafasovning kirdikorlari foş böldi» nomli xabar naşr etildi. Mazkur xabar böyiça Boş prokuratura matbuot xizmati şuni qat'iyan ma'lum qiladiki, qözğatilgan jinoyat işlari va olib borilayotgan tergov harakatlari yuzasidan rasmiy ma'lumotlar faqatgina bu borada mutasaddi tergov va nazorat qiluvçi organlar tomonidan beriladi.
Şuningdek, ta'kidlaş zarurki, dastlabki tergovning holatlari va unga jalb qilingan şaxslar haqida keng jamoatçilikka turli talqindagi xabarlarni tarqatiş Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi qoidalariga zid va bunday holatlar özgalarning şa'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazişi mumkin».
Bundan taşqari, Boş prokuratura haqiqatdan Özbekiston karate milliy Federatsiyasidagi holat böyiça jinoyat işi qözğatilgani, lekin hozirda mazkur jinoyat işi yuzasidan aniqlangan holatlar böyiça biror-bir şaxs, xususan N.Nafasov gumonlanuvçi yoki ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinmagani, tergov harakatlari esa davom etayotganligini ta'kidladi.
Aybsizlik prezumpsiyasi özi nima?
Keça aybsizlik prezumpsiyasi haqida şunça şov-şuv böldi, ijtimoiy tarmoqlar talab qildi, Boş prokuratura himoya qilib çiqdi. Xöş, özi aybsizlik prezumpsiyasi nima? U şunçalar katta qadriyatmidiki, bunça dod-voy qilişmasa.
Aybsizlik prezumpsiyasi haqida Boş qomusimizning 26-moddasida quyidagiça norma belgilangan:
«Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir şaxsning işi sudda qonuniy tartibda, oşkora körib çiqilib, uning aybi aniqlanmagunça u aybdor hisoblanmaydi».
Garçi bu yerda aybsizlik prezumpsiyasi atamasi işlatilmagan bölsa-da, lekin ayni şu qoida oltin asos hisoblanadi.
Aybsizlik prezumpsiyasi bevosita qayd etilgan navbatdagi huquqiy hujjat, bu Jinoyat-protsessual kodeksidir. Kodeksning 23-moddasida bu atamaga kengroq ta'rif berilgan. Unda quyidagi 3ta asosiy jihat tilga olinadi:
1) gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi uning jinoyat sodir etişda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuçga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi;
3) aybdorlikka oid barça şubhalar, başarti ularni bartaraf etiş imkoniyatlari tugagan bölsa, gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçining foydasiga hal qilinişi lozim. Qonun qöllanilayotganda kelib çiqadigan şubhalar ham gumon qilinuvçining, ayblanuvçining, sudlanuvçining foydasiga hal qilinişi kerak.
Mana şu qoidalar, aybsizlik prezumpsiyasini taşkil etadi hamda insonlar şa'ni va qadr-qimmatini himoya qilişda uning ahamiyati juda muhim.
Endi Nurxon Nafasov oqlanadimi?
Şu örinda, ayrimlar savol bilan murojaat qilişmoqda: «Karate federatsiyasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan ekan-u, lekin biror-bir şaxs, xususan N.Nafasov gumonlanuvçi yoki ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinmagan ekan. Qanaqasiga bunday bölişi mumkin? Jinoyat işi oçilsa-yu, lekin unga heç kim jalb qilinmasligi ham mumkinmi?»
Mazkur savolga tuşuntiriş berişga harakat qilaman.
Jinoyat işlari tegişli asos va sabablar mavjud bölganda yoki muayyan bir şaxsga nisbatan, yoki ma'lum bir faktga nisbatan qözğatilişi mumkin.
Masalan, A. ismli şaxs maşina haydab ketayotganda yöl qoidalarini buzgan holda bir yölovçini urib yubordi. Şundan söng, u zudlikda yölovçini kasalxonaga olib bordi, lekin körilgan çoralar foyda bermadi, yölovçi vafot etdi. Bunday holatda odam urib yuborgan A. ismli şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatiladi.
Xuddi şunday vaziyatda A. ismli şaxs voqea joyidan qoçib ketdi, deylik. Yölovçi esa öşa zahoti hodisa joyida vafot etdi. Bunday vaziyatda vafot etgan şaxsni kim urib yuborgani ma'lum emas. Lekin baribir jinoyat işi qözğatiladi. Faqat şaxsga nisbatan emas, muayyan faktga, ya'ni odam ölimiga nisbatan qözğatiladi. Keyinçalik tergov jarayonlarida bu jinoyatni kim sodir etgani aniqlansa, öşa şaxs gumon qilinuvçi yoki ayblanuvçi tariqasida jalb qilinişi mumkin.
Karate Federatsiyasi bilan boğliq jinoyat işi ham 2-holatga öxşaş. Ya'ni, dastlabki taftiş natijasida Federatsiyada haqiqatdan juda köp miqdordagi mablağlar maqsadsiz va ortiqça sarflangani ma'lum bölgan, fakt bor. Lekin hozirda bu işga aloqador şaxslar aniqlanmoqda. Bu qinğirlikning ustida aynan kim turibdi, kim yoki kimlar buni taşkillaştirgan, ularning asl maqsadi nima bölgan? Barça detallar tergov jarayonida aniqlanadi.
Agar Boş prokuratura axborotiga e'tibor bersangiz, unda «Nurxon Nafasov aybdor emas, uning jinoyatga aloqasi yöq», deyilmagan. Balki aybdordir, balki yöq. Buni sud hal qiladi. Aytmoqçimanki, ertaga mabodo uning qilmişi tegişli dalillar bilan öz tasdiğini topib, u javobgarlikka tortilib qolsa, «Iya, keçagina uni aybdor emas deyişgandi-ku» deya hayron bölmang.
Unda nega Boş prokuratura bunday xabar berdi, deysizmi?
Şaxsan men Boş prokuratura xabaridan quyidagi 2ta maqsadni tuşundim:
1) tergov jarayonlari haqidagi rasmiy ma'lumotni faqat vakolatli organlargina bera oladi, qolganlar tergov işiga aralaşmasin, keng jamoatçilikda turli fikrlarni paydo qilib, tergovning xolisligiga xalal bermasin;
2) aybsizlik prezumpsiyasi, inson şa'ni va qadr-qimmati barça narsadan ustun. Boşqaça aytganda har qanday şaxs, u xoh jinoyatçi bölsin, xoh sutdek oppoq inson, farqi yöq, ularning şa'ni va qadr-qimmati qonun bilan qöriqlanadi hamda muhofaza qilinadi.
Ha, yuqoridagi ikkala pozitsiyani ham töliq qöllab-quvvatlayman. Aslida biz orzu qilgan rivojlangan demokratik jamiyatda xuddi şunday bölişi ham kerak. Keçagi voqealardan keyin ana şunday jamiyat sari qadam taşlanayotganini körib, xursand böldim, oçiği.