O‘zbekiston | 09:54 / 25.01.2019
11900
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

Hujjat bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ikki oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda:

Qonun hujjatlarining raqobatga ta'sirini baholash metodikasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

qonun hujjatlariga raqobat va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, axborot bermaslik yoki bila turib noto‘g‘ri axborot berish, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi taqdimnomalarini bajarmaslik, shuningdek, uning xodimlari faoliyatiga aralashganlik hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta'sir o‘tkazganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar qo‘llash va ma'muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste'molchilar huquqini himoya qilish agentligini tashkil etish hamda tegishli davlat organlari va muassasalarining shtat birliklarini hamda iste'molchilar huquqini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlarini unga o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid