Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta tozalash korxonasidagi talon-torojliklar fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tekshirish o‘tkazildi, deb xabar bermoqda mahkama matbuot xizmati.
Unda viloyatdagi paxta tozalash korxonalarining birida sex boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan S.S. go‘yoki belgilangan tartibda saqlanmaganligi, sifati buzilganligi natijasida ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan 5 turdagi umumiy qiymati 214,4 mln so‘mlik 72 tonna sara urug‘lik chigitlarni soxta dalolatnomalar rasmiylashtirgan holda chiqim qilib, juda ko‘p miqdordagi davlat mulkini talon-taroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026