Dunyo olimlari sayyora haroratini pasaytirişga jiddiy kirişgan, deya yozadi «Argumenty i fakty» gazetasi. Naşrda berilgan maqolada global isişning oqibatlari va uni bartaraf etiş böyiça körilayotgan çoralar xususida söz boradi.
Heç kimga sir emaski, Yer sayyorasi global isiş iskanjasida. XX asrning avvalidagi holatga qaraganda hozirda havo harorati örtaça 0.74 darajaga ortgan. Turli taxminlarga köra, XXI asrning oxirlariga kelib, agar yengil çoralar körilsa (sanoat çiqindilarini kamaytiriş, örmonlar hajmini oşiriş) havo harorati yana 2 darajaga, agar holat şu tarzda davom etaversa, 4 darajaga kötariladi. Buning oqibatida esa bir qança global muammolar kelib çiqişi, xususan muzliklar erib, okeanlarning sathi kötarilişi hajmi sohil böyidagi şaharlar suv ostida qolişi, ölim körsatkiçlari ortib, tabiiy ofatlar soni köpayişi mumkin.
Tadqiqotçilarning fikriça, köpçilik öylaganidek buğ-gazlari çiqindilarini qisqartiriş singari yengil-yelpi çoralar orqali katta natijaga erişib bölmaydi. Xavfning oldini oluvçi çora sayyorani sun'iy yöl bilan sovitiş hisoblanmoqda. Buning uçun hozirga qadar bir qança loyihalar taqdim etilmoqda.
Eng köp işonç bildirilayotgan loyiha Garvard universiteti tadqiqotçilariga tegişli. Ular sönggi ikki yilda sayyorani sovitişga va ozon tuynuklarini yamaşga qurbi yetadigan aerozol yaratişdi. Içida kalsiy karbonadi (bör) saqlovçi aerozol ballonlari havo şarlari yordamida stratosferaga uçiriladi. 20 km balandlikda kimyoviy birikma soçilib ketadi, zond esa yerga qaytiş çoğida hosil bölgan bulutlar orasidan ötadi va natijaning qanday bölganligini qayd etadi. Kalsiy karbonati quyoş yoruğligini qaytaradi, ozon qatlamini şikastlamaydi, aksinça, undagi tuynuklarni tortib berkitiş xususiyatiga ega. Biroq 3 mln dollarga baholanayotgan bu tajriba boşqa mutaxassislarning e'tiroziga sabab bölmoqda — ular mazkur unsur dunyo okeanlari haroratni oşirişi va hosildorlikka jiddiy zarar yetkazişi mumkinligini ta'kidlaşmoqda.
Iqlim haroratiga eng katta ta'sirni körsatuvçi omil dunyo okeani bölganligi bois aksariyat loyihalar aynan unga qaratilgan. Dengiz suvlarni temir ionlari bilan töyintiriş ğoyasi şulardan biri. Bu plangtondagi fotosintez jarayonini me'yoriga keltiradi, şundan keyin u atmosferadagi karbon dioksidi (uglekislyy) gazni muntazam ravişda yutib yuboradi. Bu esa issiqxona effektini kamaytiradi.
Vaşington universiteti olimlari dengiz suvidan sun'iy bulut hosil qilişni rejalaştirişgan. Ular maxsus uskuna yordamida soniyasiga bir neça trillion tezlikda uçadigan zarraçalarni atmosferaning yuqori qatlamlariga purkaşni maqsad qilişgan. Hisob-kitoblarga köra, sun'iy hosil qilingan bulutlar quyoş nurlarini qaytaradi, bu esa örtaça issiqlikning pasayişiga sabab böladi.












