Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya Banki Venesuela oltinini qaytarishdan bosh tortdi
Angliya Banki Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukumatiga 1,2 milliard dollarga teng bo‘lgan oltin yombilarni qaytarishdan bosh tortdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Angliya Bankining qaroriga AQSh pozitsiyasi ta'sir ko‘rsatdi. Xususan, davlat kotibi Mayk Pompeo va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Britaniya tomonini «Maduro rejimini tashqi aktivlardan uzib qo‘yish»ga chaqirgan.
Shu bilan birga, AQSh hukumati xorijiy aktivlarni muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoga berishga harakat qilmoqda, u o‘zini vaqtincha prezident sifatida e'lon qildi. Vashingtonning fikriga ko‘ra, bu siyosatchiga hukumatni yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
Londonda saqlanayotgan oltin yombilar Venesuelaga xorijiy zaxiralarda tegishli bo‘lgan sakkiz milliard dollarning katta qismini tashkil etadi. Ta'kidlanishicha, boshqa aktivlar qayerda saqlanayotganini aniqlash deyarli imkonsiz. Ma'lumki, aktivlar bir qismi Turkiyada joylashtirilgan bo‘lishi mumkin va AQSh Anqarani oltin yetkazib berish bo‘yicha kanal bo‘lishni to‘xtatishga majburlamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo Maduro bilan muzokaralardan bosh tortgani, AQSh o‘z shartini ma'lum qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:02 / 11.07.2026
Angliya-Norvegiya bahsi boshlanish vaqti kechiktirilishi mumkin
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026