Davlat xavfsizlik xizmati Farğona viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Farğona - Yuqori Vodil yönalişi böyiça harakatlanayotgan “Neksiya” avtomobili Vodil yölining “Novket” MFY hududida töxtatildi.

“Özbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan lavhada aytilişiça, maşina közdan keçirilganda, uning isitiş moslamasi içida 23 ta öramda AQŞ dollari borligi aniqlangan. 

Ma'lum bölişiça, uşbu pullar mazkur maşinada ketayotgan A.M.ga tegişli bölgan. “Neksiya” avtomaşinasi egasi, Vodil qişloğida yaşovçi A.D.ning aytişiça, u 50 dollar evaziga A.M.ni Qöqon şahriga olib borib, uşbu valutalarni olib kelgan.

Tezkor suriştiruv davomida A.D.ning yaşaş xonadonidan ham 24 ta öramda bölgan AQŞ dollarlari olindi. Şuningdek, A.M. uşbu valutalarni Qöqon şahrida O‘.X.dan olganligi aniqlandi va u ham uşlandi.

Lavhada aytilişiça, noqonuniy pullarning umumiy miqdori 1 mln 763 ming dollarni taşkil qilgan. 

Yana bir holat. Qirğizistonda tuğilib ösgan va hozirda Farğona viloyati Farğona tumanida istiqomat qiluvçi 56 yoşli A.Yo.ning avtomaşinasi ham közdan keçirilganda, 35 dona öram topildi. Ular oçib tekşirilganda 1 mln 771 ming 650 AQŞ dollari borligi ma'lum böldi.

Aniqlanişiça, Buvayda tumanida yaşovçi N.J. uşbu pullarni Toşkentdan Farğonaga keltirib bergan. A.Yo. esa ularni noqonuniy yöllar orqali Qirğiziston Respublikasiga ötkazib berişi kerak bölgan. 

Ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida qonunbuzarlardan jami 3 mln 534 ming 650 AQŞ dollari aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan DXX Farğona viloyati boşqarmasi tomonidan JKning tegişli moddalariga asosan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Uşbu pullarning haqiqiy egalarini aniqlaş böyiça ham zarur çoralar körilyapti.