Olimlar immunitetni oshirishning 5 ta tabiiy usulini ma'lum qilishdi
Qirolicha Mariya nomidagi London universiteti olimlari immunitetni oshirishning 5 ta tabiiy usulini ma'lum qilishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Olimlarning fikricha, immunitetni oshirish uchun albatta dorilar qabul qilish shart emas. Bunda tabiiy vositalardan biri mavrak (shalfey) hisoblanadi. U o‘zining bakteriyalar, oksidantlar va yallig‘lanishlarga qarshi xususiyatlari bilan ma'lum. U nafas yo‘llarini mustahkamlash va shamollashning oldini olishda yordam beradi.
Dorilarning yana bir tabiiy muqobili buzina bo‘lib, tadqiqotning ko‘rsatishicha, grippdan aziyat chekkan va buzina ekstraktini qabul qilgan 18-54 yoshlilar an'anaviy usullar bilan davolanganlardan o‘rtacha 4 kun tezroq sog‘ayib ketishgan.
Immunitetni, shuningdek, yorqin rangdagi mahsulotlar, mevalar va sabzavotlar: pomidor, apelsin, lavlagi, batat, baqlajon va tarvuz mustahkamlaydi. Bu mahsulotlarni faol iste'mol qilish bilan bir haftadan keyin ijobiy natijaga erishish mumkin.
Olimlar immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun giyohlar va ziravorlar - sarimsoq, zanjabil, oregano, zarchavadan foydalanishni tavsiya qilishadi. Bu mahsulotlar bakteriyalar va viruslarga qarshi xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, ular moddalar almashinuvini tezlashtirish va ortiqcha vaznni yo‘qotishda yordam beradi.
Shamollashga uchramaslikning yana bir usuli yangi meva va sabzavot sharbatlarini ichish hisoblanadi. Ular immunitetni mustahkamlashga yordam beruvchi asab tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi magniyga ega.
Olimlar o‘z xulosalariga 14 ta davlatdan 11 mingga yaqin kishi ishtirok etgan tadqiqotlar asosida kelishgan. Mutaxassislar D vitaminining tanqisligi qishki vaqtda shamollashlar ko‘payishi bilan bog‘liqligini tekshirishmoqchi bo‘lishgan.
Mavzuga oid
15:28 / 07.10.2024
Olimlar infeksiyadan so‘ng immunitet pasayishiga sabab bo‘ladigan mexanizmni o‘rgandi
09:38 / 22.08.2024
Aholining aksariyat qismida maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitet bor - Sanepidqo‘mita
16:43 / 14.08.2024
Maktab mavsumi arafasida shifokor o‘quvchilar immunitetini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi
22:17 / 31.05.2024