Forbes naşri öz an'anasiga sodiq qolgan holda 2019 yil avvalida turli sohalar kesimida amerikalik va kanadalik yoşlarning öttiztalik röyxatlarini e'lon qildi.
E'tiboringizga huquq va siyosat sohalaridagi kuçli ön beştalik röyxatini taqdim etgandik.
Endi esa navbat ilm-fan sohasidagi ön beş nafar umidli olimlarga yetib keldi. Ular bilan tanişing:

Mahmud Orif Pavel, 29 yoşda. Doktorant, Skripps tadqiqot loyihasi. Mahmud Pavel tanadagi ion kanallari (özining aytişiça, ular "hayotning fundamental sensorlari") ustida tadqiqot olib boradi. Uning tadqiqot işi anesteziya amaliyotini yanada xavfsizlaştirişi bilan birga ion kanallari orqali avtosomal politsistik buyrak kasalligiga ham yangi muolaja usullarini topişda qöl keladi.

Juli Bliss Myullen, 28 yoşda. Aclarity Water kompaniyasining asosçilaridan biri. Aclarity elektrning past darajali kuçidan foydalanib suvni tozalovçi qurilmalarni işlab çiqaradi. Bu kaşfiyot suvdagi metallarni ham biror filtr yoki kimyoviy moddalarsiz yöqotadi.

Ava Karter, 27 yoşda. Fan doktori, Stenford universiteti. Karter epigenom - organizm hayotining u yoki bu nuqtalarida genlar iştiroki nazoratini örganadi.

Kevin Çen, 29 yoşda. Fan doktori, Harvard universiteti. Kevin Çen haşarotlar hajmidagi robotlarni yasaydi. U hozir tabiiy ofatlar paytida bir-biri bilan aloqaga çiqib, qutqaruv işlarini amalga oşira oladigan robotlar ustida işlamoqda.






















