Özbekiston milliy terma jamoasi va «Lokomotiv» futbol klubi darvozaboni Ignatiy Nesterov Saudiya Arabistoni klubida töp suradigan böldi. Bu haqda «Uhud» klubining Tvitter akkaunti ma'lum qilmoqda.
Ignatiy Nesterov Madina şahrining «Uhud» klubi bilan şartnoma imzolagan. Hozirça şartnoma şartlari aniq emas.
«Uhud» klubi Madina şahridagi, 24 ming kişiga möljallangan Şahzoda Muhammad ibn Abdulaziz stadionida öynaydi.
Ayni paytda klub Saudiya professional futbol ligasida 16 turdan söng 6 oçko bilan sönggi — 16-örinda bormoqda.
Eslatib ötamiz, Ignatiy Nesterov Özbekiston Osiyo Kubogining nimçorak finalida Avstraliyaga penaltilar seriyasida mağlub bölgaç, terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
U 2002 yildan buyon terma jamoaning asosiy darvozaboni sanalardi. Nesterov terma jamoa bilan 2011 yilgi Osiyo Kubogida törtinçi örinni qölga kiritgan. U terma jamoa safida jami 105 öyinda darvozani qöriqlagan.
Nesterov 2000-2001 yillarda Samarqandning «Dinamo», 2002-2009 yillarda Toşkentning «Paxtakor», 2009-2013 yillarda poytaxtning boşqa bir jamoasi «Bunyodkor» klubi safida bölgan. 2014 yildan hozirgaça «Lokomotiv» şarafini himoya qilib kelayotgandi.

















