Yevropa davlatlari Venesuelada sakkiz kun içida saylov ötkaziş töğrisidagi ultimatumdan voz keçişlari kerak. 

Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Turkiyaning CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

"Yevropa Venesuelaga nisbatan yana xatoga yöl qöymoqda. Ular 200 yillik erkinligimizga qaramasdan, tariximizni inkor etişmoqda. Ozodligimizdan faxrlanamiz, tomirlarimizda bizni ozod etganlar qoni oqadi. Ular öz ultimatumlaridan voz keçişlari kerak, bizga heç kim ultimatum qöya olmaydi", dedi Maduro.

Avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining bayonotida agarda yaqin kunlar içida Venesuelada prezident saylovi bölib ötişi haqida e'lon qilinmasa, Yevropa ittifoqi milliy assambleya raisi Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinçalik prezidenti sifatida tan olişi ma'lum qilingandi.