Ukraina Oliy radasi deputati, davlat töntarişini taşkil etişda gumon qilinib tergov izolyatorida saqlanayotgan Nadejda Savçenko mamlakat prezidentligiga nomzod etib körsatildi. Bu haqda «Interfaks-Ukraina» xabar bermoqda.
Deputatning nomzodini uning «Nadejda Savçenkoning ijtimoiy-siyosiy platformasi» partiyasi ilgari surgan.
«MSKga taqdim etiş uçun barça hujjatlar tayyor, badal tölasak böldi. Bankda hisob raqami oçilişini kutyapmiz», degan uning singlisi, partiya rahbari Vera Savçenko.
Savçenko ötgan yilning martida qölga olingan. U Kiyev markazida terrorçilik harakati sodir etiş va hukumat vakillari, jumladan prezident Pyotr Poroşenkoga suiqasd uyuştirişga tayyorlanişda ayblanmoqda.

















