Sport | 11:39 / 28.01.2019
6355
1 daqiqa o‘qiladi

Messi Raul Gonsalesdan o‘zib ketdi, u tarixiy rekord arafasida

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionatining 21-turida «Barselona» «Jirona» maydonidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Ushbu natija Lionel Messi uchun La Ligadagi 328-g‘alabali o‘yin bo‘ldi. Bu borada u «Real»ning afsonaviy hujumchisi Raul Gonsalesdan o‘zib ketdi va musobaqa tarixida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Ispaniya chempionatida uch ochko olingan o‘yinlar soni bo‘yicha Iker Kasilyas (334) va Andoni Subisarreta (333) yetakchilik qilmoqda. Messi «Barselona» bilan ichki birinchilikning yana 6ta uchrashuvida g‘alaba qozonsa, bu borada yakka yetakchiga aylanib oladi.

31 yoshli argentinalik ushbu mavsum La Liganing 19ta o‘yinida 19ta gol va 10ta golli pasga assistentlik qildi. U ayni paytda turnir to‘purarlari ro‘yxatini boshqarmoqda.

Mavzuga oid