2019 yil 21 yanvar kuni boşlangan Jamşid Kenjayev işi bilan boğliq sud jarayoni davom etmoqda. Bugun 28 yanvar kuni bu sud jarayonida navbatdagi voqea guvohlari va marhumning otasi tinglandi.
Sud majlisiga guvoh sifatida marhumning otasi Yoqubjon Kenjayev va mudhiş voqea kuni yaralangan qöriqçilar Ilyasov Şerali va Mirzayev Abdurasullar çaqirildi.

Marhumning otasi quyidagilarni sözladi:
«Farzandim birovga ozor beradigan bola emas edi. Onasini yöqotgan vaqtda qayğuga tuşib qolgan edi. 3 kun uydan çiqmay qöygan edi. Öşa kuni “bir aylanib kelaman, oğaynimni tuğilgan kuni edi” dedi. Içib-çekib yurganini ham bilmaganmiz. Menga bu voqealar yozilgan videoni körsatişmadi bolalarim. Kötarolmaysiz deyişdi. Köksimda bir olov bor hozir. Meni qöyvormayapti, nimaligini aytib berolmayman. Şu yigitlarni ham biror joyda yordam kerak bölsa taşlab ketmagan bölar edi. Sizlar vahşiy ekansizlar. Şunçalik ham qiladimi? Buni Özbekiston emas, butun jahon kördi. Tirikçiligiga kelsak, maşğulotlarga borar edi. Keyin köçada taksi haydab pul topib turardi» deya sözladi közida yoş bilan.
Şundan söng, ayblanuvçilarning himoyaçilari savollar berib ötişdi:
«Nima deb öylaysiz? Balki öşa kuni yonida piçoq bölmaganida şu janjallar bölmasmidi?».
Ota şunday javob berdi: «Men bu savolga javob berolmayman. Suddan söraydiganim esa, bu yerda 4 kişi emas, 11 kişi ötirişini söragan bölar edim».
Sözi oxirida Yoqubjon Kenjayev sudlanuvçilarga qarata şunday dedi:
«Men senlarni oddiy odam sifatida keçiraman. Ota sifatida keçirolmayman. Butun umr duolaring ijobat bölmasin».
Şundan söng, voqeada yaralangan qöriqçilardan biri Şerali Ilyasov tinglandi:



















