Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm qo‘mitasi: O‘zbekiston bozoriga 14 ta xorijiy aviakompaniya qiziqish bildirmoqda
Foto: Dreamstime
O‘zbekiston bozoriga taxminan 14 ta xorijiy aviakompaniya kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari v.b. Ulug‘bek Qosimxo‘jayev ma’lum qildi.
«Shaxsan o‘zim to‘rtta katta loukoster kompaniya bilan gaplashdim. O‘zbekiston bozoriga 14 ta turli kompaniya qiziqish bildirmoqda. Bu faqatgina loukosterlar emas. Ular orasida - KLM (Niderlandiya), Lufthansa (Germaniya), Lion Air (Indoneziya) va boshqalar», - dedi Qosimxo‘jayev.
Turkiyaning ikkita loukosteri Pegasus Airlines va Atlasglobal, shuningdek, BAAdan Flydubai hamda Rossiyadan yana bir kompaniya O‘zbekiston bozorini kuzatmoqda.
«2018 yil aviasohada katta o‘zgarishlar bo‘ldi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» monopoliyani yo‘qotdi. Aeroportlarni boshqarish funksiyasi Uzbekistan Airports’ga berildi. Endi kim bozorga kirishi masalasi bevosita bosh vazirning vakolatlari orasida», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airports’ga aeroportlarni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda ularning infratuzilmasini takomillashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish majburiyati yuklatilgan.
Mavzuga oid
17:49 / 19.05.2026
Pedagoglarga samolyot va poyezd chiptasi uchun chegirma berilishi mumkin
23:26 / 14.05.2026
Turizm qishlog‘idagi portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
18:34 / 26.04.2026