Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela inqirozi. Mamlakatdan minglab odamlar qochmoqda, Guaydo Tereza Meyga oltin bo‘yicha iltimos bilan chiqdi
Foto: Federico PARRA / AFP
Venesuelaning minglab aholisi siyosiy inqiroz fonida mamlakatni tark etishga majbur, ularning aksariyati qo‘shni Kolumbiyaga qochib, chegarani noqonuniy tarzda kesib o‘tyapti. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar tarqatdi.
Venesuelada yashovchilardan ayrimlari Kolumbiya bilan chegarani noqonuniy tarzda, qo‘llarida hech qanday kirish hujjatlari va pasportlarsiz kesib o‘tmoqda, deyiladi materialda.
Odamlar mamlakatni nafaqat chuqur siyosiy inqiroz fonida, balki gumanitar holda nuqtai nazaridan ham tark etmoqda, deya ta'kidlanadi materialda.
«Men onam va oilamni yolg‘iz qoldirishga majbur bo‘ldim. Vaziyat dahshatli. Bularning bari faqat oziq-ovqat topish uchun harakat qilishdir, sababi Venesuelada hech narsa yo‘q», - deydi Venesuelani tark etishga qaror qilgan qiz.
Venesuela muxolif parlamenti yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini mamlakat muvaqqat prezidenti sifatida e'lon qildi. Bu Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qarshi 23 yanvar kuni Karakasda o‘tkazilgan miting vaqtida sodir bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda muxolifatchi Guaydoni AQSh, Kanada, shuningdek, Lotin Amerikasi davlatlari qonuniy prezident sifatida tan oldi. Rossiya Maduroni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meydan oltinni Nikolas Maduroga qaytarmaslikni shaxsan so‘ragan. Bu haqda Guaydoning Mey uchun maktubida aytiladi, u Ambito tomonidan keltirilgan.
«Agar pullar o‘tkazilsa, ular Maduro tarafdorlari tomonidan xalqni bostirish uchun ishlatiladi», - deb yozgan Guaydo.
Shuningdek, maktubning ikkinchi nusxasi Angliya Banki rahbari Mark Karniga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Venesuelaning Guaydo tomonidan tayinlangan vakilini tan olgandi.
Mavzuga oid
15:17 / 24.12.2025
AP: Rossiya Venesueladan diplomatlar oilalarini evakuatsiya qilishni boshladi
09:19 / 23.12.2025
Tramp: AQSh Venesuela yaqinida ushlangan tankerlar va neftni o‘zlashtiradi
14:06 / 21.12.2025
AQSh harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qo‘lga oldi
16:03 / 18.12.2025