Light | 08:34 / 28.01.2019
82721
2 daqiqa o‘qiladi

Yurak uchun eng foydali mahsulotlar ma'lum qilindi 

Foto: Pinterest

Olimlar yurak faoliyati uchun eng foydali mahsulotlarni ma'lum qilishdi. Bu borada 5 nomdan iborat ro‘yxat Britaniya parhezshunoslik uyushmasi mutaxassislari tomonidan tuzildi. Bu haqda Sunday Express nashri yozdi.

1-o‘rinni yirik tortilgan yormalar – jigarrang guruch, yirik tortilgan undan tayyorlangan makaronlar, suli bo‘tqasi, javdar noni va olabuta egallagan. Mutaxassislarning fikricha, bunday oziq-ovqat yurak-tomir kasalliklaridan o‘lish xavfini 9 foizga kamaytiradi.

Keyingi o‘rinni dukkakli mahsulotlar egallagan. Xolesterin miqdorini 5 foizga kamaytirish uchun ulardan kuniga 130 gramm iste'mol qilish kifoya qiladi. Dukkaklilar kletchatkaga boy bo‘lib, ular hazm qilish vaqtida o‘ziga xos “gel”ga aylanadi. Bu “gel” xolesterin bilan ta'sirlashib, uning organizm tomonidan o‘zlashtirilishini kamaytiradi.

Foto: Getty Images

Yurakning yaxshi ishlashi uchun meva va sabzavotlar ham zarur – ular qon bosimini nazorat qilishda yordam beruvchi kaliyga boy.

5-o‘rinni esa baliq egallagan – unda mavjud bo‘lgan yog‘ kislotalari yurakni mustahkamlash uchun foydali. Bundan tashqari, baliq kaliy, B6 va B12 vitaminlariga boy. Mutaxassislarning fikricha, baliqdan haftasiga 120 gramm iste'mol qilish yurak xuruji xavfini 21 foizga kamaytiradi.

Mavzuga oid