Jahon | 08:26 / 29.01.2019
4589
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh Huawei’ga rasmiy ayblov bilan chiqdi. FTB Xitoy bunga aloqador emasligini ma'lum qildi

Foto: REUTERS/Chris Wattie

AQSh bosh prokurori vazifasini bajaruvchi Metyu Uitakerning xabar qilishicha, Amerika tomoni Kanadadan Xitoyning Huawei kompaniyasi direktori Men Vanchjou ekstraditsiya qilinishiga erishmoqchi. Uning nutqi C-Span tomonidan translatsiya qilindi.

AQSh bosh prokurori vazifasini bajaruvchi Metyu Uitaker
Foto: REUTERS

Ta'kidlanishicha, Huawei va Venchjouga 23ta band bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Gap sanoat josusligi, xususan, 2012 yilda Amerikaning T-Mobile kompaniyasidan tijorat ma'lumotlarni o‘g‘irlashga urinish haqida ketmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Vanchjouga qarshi 13ta qo‘shimcha jinoyat bo‘yicha ham ayblov qo‘yilgan. Ular orasida «Eron bo‘linmasi bilan munosabatlar» haqida noto‘g‘ri ma'lumot taqdim etish bor, uni aslida kompaniya o‘ziga o‘zi sotgan.

Qo‘shma Shtatlar FTB direktori Kristofer Reyning ma'lum qilishicha, Amerika tomoni XXRni jinoyatlarga aloqador, deb hisoblamaydi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayblov xulosasida gap Xitoy tomonining qandaydir harakatlari haqida bormagan.

«Biz Xitoy hukumati tomonidan biron bir jinoiy harakat yuz berganini nazarda tutmayapmiz», - deya aytib o‘tgan AQSh bosh prokurori v.b. Metyu Uitaker.

O‘z navbatida, Huawei kompaniyasi OAV uchun bayonot bilan chiqdi. Unda aytilishicha, kompaniya bugun qo‘yilgan ayblovlar haqida eshitib, chuqur afsuslangan. Men hibsga olinganidan so‘ng, kompaniya AQSh Adliya vazirligi bilan Nyu-York sharqiy okrugida surishtiruv jarayonini muhokama qilish uchun imkoniyat qidirgan, ammo bu talab tushuntirishsiz rad etildi.

Vashington G‘arbiy okrugida tijorat siri bo‘yicha ayblov xulosasida keltirilgan sabablar bunga qadar fuqarolik da'vosida ko‘rib chiqilgan, u Sietldagi sud maslahatchilari tijorat siri bo‘yicha da'vo yuzasidan ham zararni, ham atayin harakat qilish yuzasidan hech qanday holatni aniqlamaganidan so‘ng, tomonlar yechimi bilan tugagan.

Kompaniya o‘zi yoki sho‘'ba kompaniyasi, yoxud filiali ayblov xulosalarining har birida qayd etilgan, AQSh qonunchiligini buzish bo‘yicha qandaydir harakatlar sodir etilganini rad etdi. Shuningdek, kompaniya Men tomonidan qandaydir qoidabuzarlik sodir bo‘lgani haqida ma'lumotga ega emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shahzoda Charlzning xayriya jamg‘armasi Huawei pullaridan bosh tortgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid