Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta IIning öğli şahzoda Çarlz tomonidan asos solingan The Prince's Trust xayriya taşkiloti bundan buyon Xitoyga qaraşli Huawei kompaniyasidan pul qabul qilmaydi. Bu haqda Financial Times yozmoqda.
Xabar qilinişiça, Britaniya tomoni «jamoatçilik taşvişi» tufayli xayriya pullarini qabul qilmaydi. Huawei bu qarorga javoban juda afsusda ekanini ma'lum qildi.
«Biz xayriya taşkiloti tomonidan amalga oşirilayotgan ajoyib işlarga katta hurmat bilan qaraymiz... Biz 10 yillik hamkorligimiz bilan faxrlanamiz va, albatta, kelajakda yana birgalikda işlaşga umid qilib qolamiz», - deya aytib ötgan Huawei vakili.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Huawei’ni tijorat sirlarini öğirlaşda gumon qilayotgani xabar berilgandi.













