AQSh Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
AQSh Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Jumladan, sanksiyalar PDVSA davlat neft-gaz kompaniyasini qamrab olgan. Vashington sanksiyalar doirasida ushbu kompaniyaning 7 mlrd dollarlik aktivlarini bloklab qo‘yadi.
AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin Venesuela neftini sotib olishga istalgan urinishlar xaridorlar hisobraqami bloklanishiga olib kelishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan.
Vazirning ta'kidlashicha, AQSh PDVSA aktivlarini bloklab, bu kompaniyani Venesuela xalqi uchun “asramoqda” va o‘z bozori hamda iste'molchilarni himoyalash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Avvalroq Venesuela parlamenti spikeri, o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgan Xuan Guaydo PDVSA’da va uning AQShdagi korxonasi Citgo’da direktorlar kengashini qayta tayinlashga ko‘rsatma bergan.
“Bu hozirda og‘ir damlarni boshdan kechirayotgan sanoatimizni tiklash jarayonini boshlashga imkon beradi. Citgo Venesuela kompaniyasi bo‘lib qolishini kafolatlash uchun ushbu qarorni qabul qilmoqdamiz”, deb aytgan Guaydo.
U ushbu kompaniyalarning xorijda ishlovchi xodimlariga murojaat qilib, o‘z ishlarini davom ettirishga chaqirgan. Guaydo mamlakat hisobraqamlarini nazorat qilishni “qonuniy hokimiyat”ga topshirishga ko‘rsatma berganini qo‘shimcha qilgan.
PDVSA xodimlari kompaniya rahbari Manuel Kevedo boshchiligida Maduroni qo‘llab-quvvatlashlarini ta'kidlab kelishgan.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024