Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya rasmiylari ijtimoiy tarmoqlarni bloklashga tayyor
Buyuk Britaniya hukumati vakillari ijtimoiy tarmoq mas'ullari turli zararli kontent bilan kurashmagan taqdirida sayt va messenjerlarni bloklashga tayyor ekanini ma'lum qildi.
Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok BBC telekanali efirida ijtimoiy tarmoqlarda o‘smirlar ruhiyatiga qattiq ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan postlarni alohida ta'kidlab o‘tdi. Vazir ijtimoiy tarmoqlar rahbariyatlarini so‘nggi chora sifatida bloklash mumkinligi bilan ham ogohlantirgan.
Mamlakatdagi bolalar va o‘smirlar orasida aynan ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan postlar oqibatida o‘z joniga qasd qilish, ruhiyatini shikastlash kabi holatlar ko‘p kuzatilgan.
Televideniyedagi intervyudan so‘ng janob Henkok hukumat yangi qonun chiqarishga ham tayyor ekanligini bildirdi. Vazir ogohlantirish xatlarini Twitter, Snapchat, Pinterest, Apple, Google va Facebook (Instagram va WhatsApp) kabi kompaniyalarga yo‘llagan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha oydirki, O‘zbekistonda ham ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Facebook tarmog‘i, YouTube video platformasiga kirish bilan muammolar yuzaga kelmoqda. Buyuk Britaniyadan farqli ravishda O‘zbekiston hukumati bu holatga asosli izoh bergani yo‘q.
Mavzuga oid
21:11
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026