Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro Trampdan Venesueladan qo‘llarini tortishni talab qildi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh prezidenti Donald Trampga inglizchada murojaat qildi va undan mamlakatini tinch qo‘yishni talab qildi. Maduro mamlakatiga qarshi kiritilgan yangi sanksiyalarga shunday izoh bergan.
Maduro AQShdan qaytgan venesuelalik diplomatlar oldidagi nutqida inglizcha so‘zlashga o‘tib, Trampga murojaat qilgan: “Donald Tramp, Venesuelada to‘ntaruvmi? Yo‘q! Not that way!... [Bunday emas] Venesuela ishiga aralashma, hands off Venezuela! Immediately! [Venesueladan qo‘llaringni tort! Darhol!]”. Shundan keyin u so‘zlarini ispanchada davom ettirgan.
“Tramp, Venesuelada yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday zo‘ravonlik uchun javobgarsiz. Venesuelada to‘kilishi mumkin bo‘lgan qon sizning qo‘llaringizda bo‘ladi, prezident Donald Tramp”, deb davom ettirgan Maduro.
Avvalroq AQSh Venesuelaning PDVSA neft-gaz kompaniyasining barcha aktivlarini bloklagan hamda bu kompaniya bilan bitimlar tuzishni taqiqlab qo‘ygan. AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin kompaniya hisobraqamlarining bloklanishi u olgan tushum Nikolas Maduroga emas, balki Xuan Guaydoga topshirilishini anglatishini aytgan.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026
Maduroning ag‘darilishidan 400 ming dollar ishlab olgan AQSh Maxsus kuchlari harbiysi qo‘lga olindi
13:01 / 07.03.2026