“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tibbiyot telekanalini taşkil qiliş haqida petitsiya paydo böldi.
Qayd etilişiça, respublikada aholi tibbiy madaniyatini oşiriş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş maqsadida tibbiy telekanal taşkil qiliş kerak. Hozirgi kunda aholining katta qismi umumiy tibbiy bilimlar, jumladan soğlom turmuş tarzi, töğri ovqatlaniş, birinçi tez tibbiy yordam körsatiş, gigiyena-sanitariya qoidalariga amal qiliş, kasalliklar profilaktikasi töğrisidagi yetarliça tuşunça, bilim va malakaga ega emas.
“Şu maqsadda tibbiy telekanal taşkil qilinib, turfa mavzularda körsatuvlar tayyorlansa, soğlom turmuş tarzi keng tarğib qilinsa, özining ijobiy samarasini berar edi. Aholi örtasida keng tarqalgan kasalliklar haqida, ularning oldini oliş çoralari töğrisida doimiy tuşunçalar berib borilişi xalqimiz soğliğini saqlaşga katta hissa qöşadi. Tibbiy telekanal faoliyatiga professional yondaşilsa, u eng ommabop, sevimli va samarali telekanallardan biriga aylanadi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Eslatib ötamiz, avvalroq STIRni pasportning ma'lumotlar sahifasiga muhr bilan qöyiş taklifi berilgandi.













