O‘zbekiston | 09:26 / 29.01.2019
9354
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish qiymati indeksatsiya qilindi

Yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish hamda pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati miqdorlari oshirildi.
 
Norma’ning yozishicha, Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida nizomda:

• tabiiy zonalardagi joyiga qarab olib qo‘yiladigan lalmi shudgor va sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtzorlar o‘rniga beriladigan bir xil yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish;
• mamlakatimiz hududlari kesimida olib qo‘yiladigan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari o‘rniga teng qiymatli yangi yerlarni sug‘orish va o‘zlashtirish;
• “Cho‘l”, “Adir”, “Tog‘” mintaqalarida pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymatining bazaviy miqdorlari belgilangan.
 
Yuqorida sanab o‘tilgan pozitsiyalar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari aniqlanadi. Kim tomonidan va qanday holatlarda ularning o‘rni qoplanishi va qachon ularning o‘rni qoplanmasligi Yer kodeksining 87-moddasida va Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan.
 
Qabul qilingan hujjat bilan bu miqdorlar 1,467 marta oshirildi. O‘tgan yili indeksatsiya koeffitsiyenti 1,246ni tashkil etgan. Buni inobatga olgan holda bazaviy va indeksatsiya qilingan qiymatlarning solishtirma jadvali quyidagi ko‘rinishga ega:

Hujjat 24.01.2019 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid