Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guaydo YeIga chaqiriq bilan chiqdi. Venesuela armiyasi sobiq zobitlari Trampdan qurol so‘rashmoqda
Foto: Getty Images
Venesuela muxolifati rahbari Xuan Guaydo Yevroittifoqni (YeI) mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga nisbatan sanksiyalar joriy etishga chaqirdi. U bu haqda Bild’ga bergan intervyusida aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga YeI tomonidan sanksiya cheklovlari kerak bo‘lib turibdi.
«Umid qilamizki, YeI Maduroga shunchaki ultimatum bilan tahdid qilmayapti va keyinchalik tegishli choralar ko‘radi», - dedi Guaydo.
U GFR va Yevropadagi boshqa davlatlarga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi, shuningdek, Venesuelada yanada ko‘proq odamlar halok bo‘lishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.
Venesuela armiyasidan qochgan shaxslar AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatiga murojaat qilishdi va qurol-yarog‘ so‘rashdi. Ular o‘z harakatlarini Venesuelani prezident Nikolas Maduro rejimidan ozod etishga intilish bilan izohlashgan, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
Venesuela armiyasining hozirda mamlakat tashqarisida yashayotgan sobiq askarlari Karlos Guillen Martines va Xose Idalgo Azuaxe CNN’ga AQShdan harbiy yordam olish istagi haqida gapirib berishdi. Ular xorijiy davlatlar tomonidan harbiy aralashuvga qarshi bo‘lib, faqatgina Venesuela askarlari buni qilishi kerakligini bildirishgan.
«Agar harbiy aralashuv zarur bo‘lsa, unda bu Venesuelani haqiqatdan ham ozod qilishni istaydigan venesuelalik askarlar bo‘lishi kerak», - dedi Idalgo.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, ikki venesuelalik yuzlab ko‘ngillilar - xuddi shunday qochib o‘tganlar bilan hamkorlik qilmoqda. Armiya sobiq jangchilari Venesuela prezidenti Nikolas Maduro rejimiga qarshi bosh ko‘tarishga sobiq oddiy askarlarni chaqirishmoqda.
«Biz Venesuela askarlari sifatida, AQShga bizni Venesuelani ozod qilishimiz uchun moddiy-texnik ta'minot, aloqa, qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatlash haqida murojaat qilamiz», - dedi Martines CNN’ga.
Bundan tashqari, ular nafaqat AQShdan, balki «qardosh davlatlar»: Braziliya, Kolumbiya, Peru va boshqalardan ham qurol-yarog‘ haqida yordam so‘rashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro qator keskin bayonotlar bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
15:17 / 24.12.2025
AP: Rossiya Venesueladan diplomatlar oilalarini evakuatsiya qilishni boshladi
09:19 / 23.12.2025
Tramp: AQSh Venesuela yaqinida ushlangan tankerlar va neftni o‘zlashtiradi
14:06 / 21.12.2025
AQSh harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qo‘lga oldi
16:03 / 18.12.2025