O‘zbekiston | 12:04 / 30.01.2019
39129
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingiga kiritilmadi

Foto: KUN.UZ

Ingliz tilida o‘z faoliyatini olib boruvchi Global Finance jurnali dunyodagi eng xavfsiz bo‘lgan 128 davlatdan iborat reytingni tuzdi.

Ta'kidlanishicha, ro‘yxat harbiy mojarolar yuz berishi ehtimoli, iqtisodiy rivojlanish darajasi, tabiiy ofatlar va mamlakatda yashovchi aholi xavfsizligiga tahdidlar ehtimoli kabi mezonlarga asoslangan holda tuzilgan. Islandiya birinchi o‘rinni egalladi, Avstriya, Portugaliya, Finlyandiya va Shveytsariya top-5dan o‘rin oldi.

E'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu reytingga kiritilmagan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 44-o‘rinni, Tojikiston 68-o‘rinni, Qirg‘iziston 89-o‘rinni egalladi. Rossiya 108-pog‘onada, Ukraina - 116.

Ro‘yxatning eng quyi o‘rinlaridan Gvatemala, Yaman va Filippin joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoning eng xavfsiz davlatlari ma'lum qilingani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid