Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi vazirlik huzurida kengash va ikkita agentlik tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida:
Idoralararo bojxona-tarif kengashini tugatgan holda Tarif va notarif tartibga solish kengashi;
chet el investorlarini ma'lumotlar bilan ta'minlash va huquqiy ko‘mak berish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni hal etish, zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ularga xizmat ko‘rsatish uchun Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi;
mahalliy xomashyo negizida yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun ilg‘or xorijiy texnologiyalarni izlab topish, jalb qilish va joriy etishga, ilmiy ishlanmalarni ekspertiza qilish, ularning miqyosini kengaytirish va tijoratlashtirishning samarali tizimini yaratish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiquvchi va joriy etuvchi korxonalarga davlat tomonidan ko‘mak berish mexanizmlarini shakllantirish maqsadida Texnologik rivojlanish agentligi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
11:55 / 12.06.2026
Namanganda “chempion” tadbirkorlar va yirik investitsiya loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
19:52 / 09.06.2026