Prezident Forishdagi korxonaga borib, mahsulotlar tannarxini kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Forish tumanidagi “Mega Invest Industrial” qo‘shma korxonasi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
2017 yil dekabrda faoliyat boshlagan korxonada bazalt toshi qayta ishlanib, bazalt tolasi va armaturasi ishlab chiqariladi. Ayni paytda loyihaning birinchi va ikkinchi bosqichlari ishga tushirilgan. Buning uchun Buyuk Britaniyaning “Leigh Borrier” kompaniyasining 11 million dollar investitsiyasi hamda O‘zbekiston milliy bankining 26 million dollar kredit mablag‘i yo‘naltirilgan. Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Turkiya kabi davlatlardan nou-xau texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. 225 kishining bandligi ta'minlangan.
2018 yilda bu yerda ming tonna bazalt armaturasi va setkalar ishlab chiqarildi. Yaqin vaqtlarda uchinchi bosqichni ham ishga tushirish mo‘ljallangan. Korxona to‘liq quvvat bilan ishlagach bir yilda 4 ming tonna bazalt tolasi va 4 ming 800 tonna armatura tayyorlanadi.
Bazalt armaturasining afzalligi shundaki, u metall armaturasidan 8 barobar yengil, 3 barobar mustahkam, 30 foiz arzon. Qolaversa, zanglamaydi, elektr tokini o‘tkazmaydi, 100 yilgacha o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi. Mazkur korxona O‘rta Osiyoda yagonaligi, MDH davlatlarida ikkinchi ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Davlat rahbari korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Faoliyatni yanada kengaytirib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulotlar tannarxini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
20:36 / 12.10.2024