Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 15 kilogramm simobni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Simob nihoyatda zaharli moddalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, uning ochiq holda bug‘lanib havoda tarqalishi inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ammo shunga qaramay mo‘may daromad evaziga mazkur zaharli moddani noqonuniy sotishga uringan ayrim kimsalar ham uchrab turibdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Bektemir tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqarolar D.A. va Z.A. “shartli xaridor”ga 15 kilogramm simobni 100 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
16:28 / 13.06.2026