Armaniston Rossiyadan Su-30SM ikki örinli, 4+ avloddagi köp nişonli qiruvçilarni sotib oldi. Bu haqda Sputnik Armaniston mamlakat Mudofaa vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, mudofaa mahkamasi Rossiya samolyotlari sotib olingani faktini tasdiqladi.

«Armaniston Respublikasi Rossiyadan Su-30 SM samolyotlarini sotib oliş böyiça tegişli kelişuvga erişdi», - deya xabar berişgan Armaniston Mudofaa vazirligidan.

Kelişuvning boşqa tafsilotlari keltirilmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston prezidenti Paşinyanni mamlakat boş vaziri etib tayinlagandi.