Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

Quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan to‘ldiriladi:

“2-1.Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish to‘g‘risidagi Nizom bilan tasdiqlangan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar – chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari Ro‘yxati”ga asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimos qilish huquqiga egadirlar.

Ro‘yxatda nazarda tutilmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifasi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi.”.

3-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“3. Xorijiy davlatlardan kelgan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kamida bir yil yashagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashashga ruxsat olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi)ning (TShIIB) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (MvaFRB) murojaat etishi mumkin. Buning uchun ular TShIIB M va FRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

muvofiq shaklda ikki nusxada ariza-anketa;

chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati;

uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;

uy-joy uchun hujjatlarning nusxalari;

nikoh tuzilganlik, tug‘ilganlik, ota-onalar vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning, shuningdek vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);