Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada «sirli» kasallik tufayli Kubadagi diplomatik missiyani keskin qisqartirdi
Kanada hukumati diplomatlarning yarmini Kubadagi elchixonadan chaqirtirib olmoqda. Bu haqda Associated Press agentligi Kanada Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga asosan xabar berdi.
Kanada tashqi siyosat idorasidan tushuntirishlaricha, bunday qadamga diplomatlar sog‘liq bilan bog‘liq «sirli» muammolar haqida shikoyat qilgani tufayli borilgan. 2017 yilning boshidan beri o‘n to‘rtinchi diplomatda aniq bir kasallikdan darak bermaydigan turli tushunarsiz alomatlar aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, 16 diplomatdan sakkiz nafari Kanadaning Gavanadagi elchixonasini tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSh diplomatlariga Kubadagi «akustik hujumlarda» chigirtkalar izi topilgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
07:43 / 13.06.2026