2019 yilning 29 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov TIV hay'ati a'zolarining kengaytirilgan yiğilişini ötkazdi.
TIV xabariga köra, tadbir mamlakat iqtisodiyotiga töğridan-töğri xorijiy investitsiyani jalb qiliş, yurtimizda işlab çiqarilgan tovarlar va xizmatlarni eksportini oşiriş, turistlar oqimini köpaytiriş va Özbekistonning xorijiy diplomatik vakolatxonalariga biriktirilgan mintaqalar iqtisodini rivojlantiriş böyiça mamlakat rahbarining topşiriqlarini bajarişga bağişlandi.
Majlisda Özbekistonning xorijiy diplomatik vakolatxonalari rahbarlari videoaloqa orqali iştirok etdilar.
Vazir öz nutqida ta'kidlaganidek, 2018 yil 11 yanvar kuni Taşqi işlar vazirligi xodimlari bilan uçraşuv çoğida prezident Şavkat Mirziyoyev vazirlik Markaziy apparati va Özbekistonning çet eldagi diplomatik vakolatxonalariga xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy taşkilotlar va boşqa tuzilmalar bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş va kengaytiriş böyiça aniq vazifalar belgilab berdi.
Prezidentning Oliy Majlisga yöllagan Murojaati va 2019 yil 8 yanvar kuni ötkazilgan joriy yil uçun investitsiya dasturiga bağişlangan videoselektor yiğilişida davlat rahbari uşbu yildagi faoliyatning ustuvor yönalişlari va aniq maqsadlarni belgiladi.
Majlisda Özbekistonning qator elçilari hisobotlari tinglangan.
Tanqidiy tahlil natijalariga köra, Markaziy apparat va xorijdagi muassasalariga davlat rahbarining 2019 yilga möljallangan topşiriqlarini sözsiz bajariş böyiça muayyan vazifalar yuklatildi.
Xabarga köra, yiğilişda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşining kotibi Viktor Mahmudov ham iştirok etgan.

















