Yevropa parlamentining 439 deputati Xuan Guaydoni Venesuela muvaqqat prezidenti deb tan oluvçi rezolyutsiyani qöllab-quvvatladi. Qonun çiqaruvçi taşkilotning 104 a'zosi esa qarşi ovoz bergan.
«Yevroparlament Guaydoni mamlakatning qonuniy prezident deya tan oliş uçun ovoz berdi», — deydi Yevroparlament raisi Antonio Tayani.
Rezolyutsiyada 35 yoşli siyosatçini mamlakatda adolatli va erkin saylovlar ötguniga qadar davlat rahbari vazifasini bajaruvçi sifatida keltiriladi. Hujjatda Nikolas Maduroning inauguratsiyasi “hukumat uzurpatsiyasi”, deya atalgan.
Parlament a'zolari inqiroz davrida zöravonlikka qarşi çiqmoqda va namoyişlar paytida halok bölgan fuqarolar işi böyiça BMTni tergov boşlaşga çorlamoqdalar.
Yevroparlament qarori hukumat idoralari uçun majburiy hisoblanmaydi va faqat tavsiya sifatida qabul qilingan.
Eslatib ötamiz, 26 yanvar kuni agarda sakkiz kun içida Venesuelada prezident saylovi bölib ötişi haqida e'lon qilinmasa, Yevropa ittifoqi davlatlari Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinçalik prezidenti sifatida tan olişga tayyorligini bildirgandi.
Guaydo Yevropa davlatlari Maduroga qöyilgan ultimatumni bajarişiga işonçi komilligini aytdi












