AQŞ va Yevroittifoq Rossiya ötgan yilning noyabrida hibsga olgan ukrainalik dengizçilarni qöyib yuborişni rad etgani uçun javob çoralarini muhokama qilmoqda. Bu haqda AQŞ davlat departamentining Ukraina böyiça maxsus vakili Kurt Volker ma'lum qildi. Volker Moskvadan ukrainalik dengizçilarni qöyib yuborişni va Kerç böğozini bir tomonlama nazorat qiliş da'vosidan voz keçişni talab qilgan.
Fevralda AQŞ Krim uçun Rossiyaga qarşi sanksiyalar paketini kengaytiriş masalasini körib çiqadi, degan Volker. Şuningdek, uning sözlariga köra, YeI fevralda taşqi işlar vazirlari uçraşuvida Moskvaga qarşi qöşimça jazo çoralari mavzusini kötaradi.
Volker şuningdek sanksiyalar bilan birga AQŞ va boşqa davlatlar ham Qora dengizga öz harbiy kemalarini yuboriş maqsadida ekanligini ma'lum qilgan.
Dekabrda Qora dengiz akvatoriyasiga Britaniya flotining razvedkaçi kemasi kirgandi. Tez orada Amerika tomoni ham şunday qadamni amalga oşiradi, degan Volker.

















