Xalq ta'limi vazirining buyrug‘i bilan O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta'lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Hujjat  bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining 2015 yil 2 iyundagi 13-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta'lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, 14-banddan «va yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma'lumotnoma» degan so‘zlar chiqarib tashlandi.

26-banddagi «xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga» degan so‘zlar «tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limiga» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

28-bandning yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.