Toşkent şahar hokimi J.Ortiqxöjayev Tashkent City loyihasini amalga oşirişda iştirok etayotgan kompaniyalarning ayrimlari uning Akfa kompaniyasiga tegişli ekanini tasdiqladi. Şu bilan birga, u hokim sifatida tayinlanayotganida Akfa Group holding kompaniyasi aksiyalarini sotiş talab etilmaganini bildirdi. Ortiqxöjayev bu haqda Tashkent City loyihasiga doir taşkil etilgan matbuot anjumanida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Şahar hokimi OpenDemocracy saytida e'lon qilingan maqoladagi faktlar yuzasidan berilgan oçiqlovçi savolga javob berar ekan, Akfa holding kompaniyasi qimmatli qoğozlariga ega ekanini ta'kidladi. U, şuningdek, hokim bölişi, aksiyalardan voz keçişini anglatmasligini bildirdi. 

«Haqiqatdan Akfa 20 yillik kompaniyam. Özim taşkil etganman kompaniyani. Töğrisini aytsam, hokim böliş tuşimga ham kirmagan. Yarim soat oldin eşitganman hokim bölişimni. Ammo, 20 yillik kompaniyani, töğrisini aytaman, 31 ming işçisi bilan şundoq taşlab ketiş...

Men hokim bölganimda, prezidentimiz şu yerda (kompaniyada-tahr.) orttirgan tajribalaringni, deb hokim sifatida tayinlaganlar. Kompaniya boşqaruvini boşqa insonlarga, şogirdlaringa taşlab ketgin, degan talab bölgan. Lekin hissangni bergin, degan talab bölmagan. 

Agar, menda Boeing aksiyasi bölsa, hokim bölib, berib yuborişim kerakmi? Yoki Apple aksiyasi bölsa qölimda, men işni boşqarmayman u kompaniyada, hokim böldim, uni ham sotişim kerakmi?», - deya javob berdi Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev. 

Eslatib ötamiz, Buyuk Britaniyaning OpenDemocracy sayti Tashkent City loyihasi tarkibida barpo etilayotgan 2ta turarjoy majmualarini sotiş bilan şuğullanayotgan Dream City Development sayti J-United korxonasi nomiga röyxatdan ötganini, bu yuridik şaxs esa, Ortiqxöjayevga tegişli ekani haqida yozgan edi. 

Tashkent City loyihasi sarmoyadorlari orasida, Akfa Dream World kompaniyasi ham bölib, u Congress Hall hamda 5 yulduzli Hilton mehmonxonasini barpo etmoqda. Ortiqxöjayevga köra, uşbu ikki bino barpo etilib, foydalanişga topşirilgaç, davlatga beğaraz topşiriladi.